Uraninit
Uraninit — uranning suvsiz oksidi, uranatlar guruhiga mansub mineral. Ideal formulasi UO2. Tarkibi o’zgaruvchan (U4+ dan U6f gacha oksidlanadi); aralashmalari Th, Tr, Pb, Fe, Zr dan iborat. Kub singoniyada kristallanadi. Oktaedrik kristallar va zich massalar holida bo’ladi. Mo’rt. Qattiqligi 5-6, zichligi 8-10 g/sm3. Rangi qora, yarim metall yoki smolasimon yaltiraydi. Kuchli radioaktiv, bir oz elektromagnitli. Sof Uraninitning nasturan va uran qurumi kabi turlari ma’lum. Sof Uraninit yuqori trali mineral bo’lib, aniq kristallar shaklida bo’ladi. Uraninitning strukturasi flyuoritnikiga o’xshash. Pegmatitlar, shuningdek, gidrotermal, skarn va cho’kindi jinslar ichida uchraydi. Ishqorli magmatik tog jinslarida, past temperaturali gidrotermal va cho’kindi konlarda hosil bo’ladi. Uran qurumi g’ovak tuproqsimon agregatlardan iborat bo’lib, gidrotermal sulfiduran konlari va cho’kindi konlar uchun xosdir. Barcha Uraninitda uran va toriyning radiogen parchalanishidan paydo bo’lgan hosilalar (K, As, ro, ne, R), shuningdek, Sa va Zn bo’ladi. Uraninit oksidlanish zonasida tez o’zgaradi. Uraninitning strukturasi bo’yicha turlari: kristalli Uraninit — briggit (tarkibida 6-15% Tyu,), kleveit (3 — 16% TR2O3 va 3 — 8% ThO2), kallomorfli nasturan va boshqalar. Uraninitning barcha turlari uran rudalarining asosi hisoblanadi. Yirik konlari Kanada, AQSh, Afrika, Avstraliya, Frantsiyada mavjud.