Urgut shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz?

Urgut shahar posyolkasi haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Samarqand rayonida. Toponimning tarixiy manbalarda Arkut formasi uchraydi. S.Qorayevning bergan ma’lumotiga qaraganda O’zbekistonning boshqa oblastlarida ham Urgut nomli joylar uchraydi. Masalan, Farg’ona vodiysida, Xorazmda. Shunday ekan toponimni Arg’u qabilasi nomi bilan bog’lash mumkin. Mahmud Koshg’ariy arg’u – turk qabilasi nomi deb yozadi. Toponimning qadimgi manbalardagi variant ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. Qiyos qiling: Arkutarg’u qadimgi turkiy va mo’g’ul tillarida ko’plik hosil qiluvchi qo’shimchadir. Urgut “argut, arg’ular” ma’nosini bildiradi.

Fikr bildirish