Ustun

Ustun – 1) bino (inshoot) yuk ko’taruvbchi konstruksiyasining sterjensimon elementi, karkasning asosiy elementlaridan biri bo’lib, ularga tayanib turgan balkalar, rigellar, fermalar va boshqalar yuklarini o’ziga oluvchi vertikal tayanch; 2) siquvchi kuchlarni qabul qiluvchi vertikal yoki qiya joylashgan sterjentli qurilish elementi; 3) binoning alohida o’rnatiladigan tayanch qismlaridan biri, tomni ko’tarib turishga xizmat qiladi, g’isht, tosh asosga o’rnatilgan poyustunga qo’yiladi. Daraxt tanasidan, g’isht, tosh asosga o’rnatilgan poyustunga qo’yiladi. Daraxt tanasidan g’isht, tosh va boshqalardan tayyorlanadi. Asrlar davomida shaklan o’zgarib borgan, yuksak badiiy ko’rinishga ega bo’lgan. Shu tufayli davr uslubi taraqqiyotini ko’rsatuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Masalan: rafaqsiz ustun, beton ustun, burg’u qudug’i ustuni, egiluvchan ustun, qo’sh tavr kesimli ustun, qo’sh tarmoq ustun, temir-beton ustun va hokazolar.