Utrext

Utrext — Niderlandiyadagi shahar. Utrext provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 256,2 ming kishi (2001). Transport yullarining yirik chorrahasi. Reyn daryosi deltasidagi port. Mamlakatning qadimgi savdomoliya, sanoat, madaniy markazi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik (11-asrdan) sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1636), muzeylar bor. Utrext qadimgi rimliklar qishlog’i o’rnida bunyod etilgan. Me’moriy yodgorliklardan romangotika sobori (11-16-asrlar), gotika Cherkovlari saqlangan. Shaharda har yili xalqaro yarmarka o’tkaziladi.