UTREXT UNIVERSITETI

UTREXT UNIVERSITETI Niderlandiyadagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1636 yil Utrext shahrida tashkil etilgan. 1815 yil Qirollik universiteti, 1961 yil davlat universiteti maqomini olgan. Huquq, tibbiyot, veterinariya, tabiiy fanlar, matematika, teologiya, gumanitar fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1581 yil tashkil etilgan)da 1 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 20 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.