Uy hayvonlari

Uy hayvonlari – odam urchitadigan hayvon turlari. Hamma Uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi ko’rinishi, xulq-odati, mahsuldorligi bilan yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam ko’rsatgan ta’sir natijasidir. Ipak qurti va asalaritn boshqa hamma Uy hayvonlari umurtqalilar jumlasidan. Ko’pdan-ko’p turga mansub yovvoyi hayvonlarning har xil tip, sinf, turkum, oilaga kiradigan bir qismigina xonakilashtirilgan. Uy hayvonlariga: qoramol, qo’y, echki, shimol bug’usi, tuya, Lama, buyvol, qo’tos, banteng, ot, cho’chqa, it, mushuk, quyon, dengiz cho’chqasi, tovuq, o’rdak, g’oz, kurka, tsesarka, kaptar, asalari, ipak qurti va boshqalar kiradi. Akvarium va hovuzlarda ko’paytiriladigan ba’zi baliklar, ko’rkam qushlar (kanareyka, tovus), laboratoriya hayvonlari ham Uy hayvonlariga yaqin. Katakda boqilayotgan Maral, Xoldor bug’u, tulki, oq tulki, suvsar, nutriya va boshqa yovvoyi hayvonlar qam xonakilashtirilmoqda. Dastlabki hayvonlar qachon va qayerda xonakilashtirilgani haqida, asosan, arxeologik, paleantalogik ma’lumotlarga qarab xulosa chiqariladi. Qazilma topildiqlar mezolit davrida it, neolit davrida cho’chqa, qo’y, echki, qoramol, keyinroq ot xonakilashtirilganligidan dalolat beradi. Uy hayvonlari dastlab yaqin va O’rta Sharqda, keyinroq Nil, Dajla, Furot, Gang, Amudaryo, Xuanxe, Yenisey havzalari kabi qadimdan dehqonchilik rivojlangan yerlardan kelib chiqqan bo’lsa kerak. Ko’pchilik hayvon zotlari odam ehtiyojiga qarab qo’lga o’rgatilgan. Odam dastlab ongeiz, keyinchalik maqsadga muvofiq ravishda hayvonlar mahsuldorligini oshirib bordi. Masalan, yovvoyi tovuq yiliga 15 tuxum qilgan, hozir 300-365 ta gacha tuxum qiladigan tovuq zotlari bor; yovvoyi qoramol bir necha yuz kilogramm sut bergan, hozir bir sigirdan o’rtacha 3500-4000 kilogramm sut sog’ib olinmoqda. Duragaylash, tanlash va saralash, mollarni ilg’or zootexniya talablariga muvofiq parvarishlash bilan qishloq xo’jalik va sanoat talablarini qanoatlantiradigan yangi zotlar yetishtirilmoqda.