Uybat chaatasi

Uybat chaatasi – Xakasiya Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi)dagi Uybat stansiyasidan 6 kilometr Janubi Sharqda joylashgan qadimgi mozorqo’rg’on (miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 7-8-asrlar). Eng qadimgi qabrlar Tagar madaniyatiga, aksariyati — Toshtiq madaniyatja oid. 1936 va 1938 yillardagi arxeologik qazishmalar (SV. Kiselyov, L. A. Evtyuxova va boshqalar) chog’ida Toshtiq madaniyatiga mansub zodagonlar qabridan (miloddan avvalgi 1-asr—milodiy 5-asr) ularning gips va terrakotadan yasalgan dafn niqoblari, yog’ochdan ishlangan naqshinkor haykaltaroshlik namunalari va boshqalar topilgan. 7-8-asrlarga oid Yenisey qirg’izlari mozorqo’rg’onlaridan sirtiga oltin suvi yuritilgan, yog’ochdan ishlangan qo’ylarning haykalchalari, urxunenisey bitigi tushirilgan kumush ko’zacha va boshqalar chiqqan. Uybat chaatasi topilmalari — qadimgi Sibirda mulkiy tabakalanish vujudga kelishi tarixini o’rganishda muhim manba.