Uygarak

Uygarak — saklarning mozorqo’rg’oni (miloddan avvalgi 7-5-asrlar). Sirdaryoning qadimgi irmog’i Inkardaryo bo’yida (Qozog’iston) joylashgan. 1961-63, 1965 yillarda 80 ta mozorqo’rg’on (Diametri 10-14 metr, balandligi 0,4—2 metr)dan 70 tasi o’rganilgan. Mozorqo’rg’onning balandligi 20 metr, uzunligi 2 kilometrdan iborat. Uygarakdagi qabrlarning asosiy qismiga jasadlar yakka ko’milgan. 3 ta juft holda va bitta — jamoa (3 kishi) qilib dafn etilgan, qabr ochilgan. Uygarakdan skiflarning hayvonlar tasviri uslubida jezdan ishlangan ot abzali, qurolaslahalar (jez paykonlar, jez va temir xanjarlar va boshqalar), toshdan yasalgan kichik qurbongoh, jez ko’zgu, bezak buyumlar, sopol idishlar topilgan.