“Uzluksiz ta’lim” jurnali

“Uzluksiz ta’lim” jurnali-Respublika uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim bosqichlariaro tizimlilikni ta’minlash, ta’lim sohasini yuksaltirishga hissa qo’shish, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, ilmiy-metodik yangiliklarni yoritish va uning targ’ibot-tashviqotchisi sifatida faoliyat ko’rsatishga qaratilgan ilmiy metodik jurnal. Muassislari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va T.N.Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. Jurnal 2001 yilda tashkil etilgan.