UZLUKSIZLIK AKSIOMASI

UZLUKSIZLIK AKSIOMASI to’g’ri chiziq (haqiqiy sonlar to’plami) ning uzluksiz (tutash) ligi haqida aksioma. Bu aksioma turlicha (birbiriga ekvivalent) ko’rinishda ifodalanadi: haqiqiy sonlar to’plamida bajarilgan har qanday kesim bitta haqiqiy sonni aniqlaydi (Dedekind); har qanday ichma-ich joylashgan segmentlar ketma-ketligi bo’sh bo’lmagan kesishmaga ega; har qanday yuqori (quyi)dan chegaralangan to’plamning aniq yuqori (aniq quyi) chegarasi mavjud (Veyershtrass).