Vad
Vad — psilomelan guruhiga mansub mineral. Suvli MpO2 ning tuproqli va qurumli agregatlarining umumlashma nomi. Marganes va boshqa elementlar (sa, Mg, Fe, so va boshqalar) oksidlarining kukunsimon aralashmasi. K, Va, Si, Zn, Fe, Pb, W, Li, CO, Ni qo’shimchalari miqdori o’zgaruvchan. Turli nomlarda (marganesli qurum, marganesli tola va boshqalar) tavsiflangan. Shartli kimyoviy formulasi MpO2 -p N2O. Amorf. Strukurasiz, goho yupqa tolasimon, yo’l-yo’l yoki tangachasimon, kukunsimon va dendrit shaklida uchraydi. Rangi qora, qo’ng’ir-qora. Psilomelanning yumshoq turi ham Vad deyiladi. Qattiqligi 1-4, goho 6,5. Sof og’irligi 2,8— 4,4. Turi ko’p. Asosiylari balchiq Vad, asbolan, lampadit va boshqalar. Turli marganesli minerallarning nurash mahsuloti sifatida tabiatda ko’p tarqalgan. Cho’kindi marganes rudalari tarkibiga kiradi. Dengiz va ko’l osti cho’kindilarida ham hosil bo’ladi. O’zbekistonda Olmaliq, Lochinxona, Lashkarak va boshqa konlarda uchraydi. Shuningdek Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi (Ural tog’lari) va boshqa joylarda topilgan. Marganes, kobalt va rux olinadigan ruda.