VAGONETKA

VAGONETKA (Fransuzcha Wagonnet — kichik vagon) — tor izli yo’llarda yaqin masofalarga yuk tashiydigan kichik (0,5—6 metr kub) hajmli transport vositasi. Vagonetkalar qurilish, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karyerlarda ishlatiladi. Bulardan tashqari maxsus (yog’och, suv, yoqilg’i tashishga), odamlar (masalan, konchilar) tashishga mo’ljallangan xillari ham bor. Vagonetkalar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar bilan tortiladi, qiya izlarda o’zini g’ildiratib yuboriladi.