Vale (Valier) Maks

Vale (Valier) Maks (1895.9.2, Bolsano — 1930.17.5, Berlin) — raketa texnikasi sohasidagi nemis ixtirochisi va konstruktori. Sayyoralararo uchishlarga doir masalalar bilan shug’ullangan. Avtomobillar, samolyotlar, drezinalar, qayiqlar va boshqalarga reaktivV dvigatelni joriy qilish yo’rig’ini ishlab chiqqan. Dvigatel o’rniga poroxli raketa o’rnatilgan poyga avtomobilini yasadi (F. Zander bilan birga) va 1929 yil mart oyida sinab ko’rdi. Vale 1929 yilda qattiq yonilg’ida ishlaydigan 24 ta raketali poyga avtomobilini yasadi va sinab ko’rdi (bu mashina 230 km/soat gacha tezlikda yurdi), 1930 yilda suyuqlikli reaktiv dvigatellarni sinab ko’ra boshladi, lekin sinovlarni oxiriga yetkaza olmadi: yonish kamerasidagi portlash oqibatida halok bo’ldi.