Valtasar

Valtasar (oromiycha bel-tuushshur — Bel podshoga madadkor bo’lsin) — Bobilning so’nggi podshosi Nabonidning o’g’li. Miloddan avvalgi 539 yil forslar Bobilni egallagan paytlarida halok bo’lgan. Bobilni Kir II qo’shinlari qamal qilgan paytda Valtasar bazm tashkil qilgani («valtasar bazmi») va uning halok bo’lajagi haqidagi bashorat (oromiycha «mene, mene, Tekel, uparsin» so’zlarini devorda paydo bo’lishi) Bibliya («Doniyol payg’ambar kitobi», 5,5—28)da keltirilgan va u san’at asarlarida aks etgan. Doniyol payg’ambar bu yozuvlarni quyidagicha sharxlagan: «… Alloh sening saltanatingni nihoyasiga yetkazdi… sen tarozu pallasidasan va juda yengilsan; saltanating midiyaliklar va forelarga taqsimlab beriddi». O’sha kuni tundayoq Bobil taslim bo’lgan, Valtasar esa saroyga bostirib kirgan forelar tomonidan o’ddirilgan.