Valunlar
Valunlar — 1) kattaligi turli tasniflarga ko’ra 10, 25 yoki 50 santimetrdan katta bo’lgan tog’ jinsi bo’laklari. Ko’pincha Valunlar kattaligining yuqori chegarasi 1 metrgacha olinadi. Ayrim paytlarda Valunlar deb faqat silliqlangan va yumaloqlangan jins bo’laklariga aytilgan. Valunlarlar dag’al chaqiqli tog’ jinslarining muhim tarkibiy qismi (valunlar, shag’altoshlar, konglomeratlar). Tog’liklardagi allyuviy, prolyuviy va muzlik jinslarida keng tarqalgan; 2) o’lchamidan qat’i nazar muzliklar olib kelib yotqizgan tog’jinsi bo’laklari. Ko’pincha silliqlangan, jilolangan va tirnalgan (muzlik chandiqdari) bo’ladi. Morena va flyuvioglyasial yotqiziqlarsa tarqalgan. Qadimgi muzlik rayonlarida ko’p uchraydi. Kamdan-kam qadimgi jinslar tarqalgan joylarda mavjud.