VALYUTA
VALYUTA (it. valuta, lot. valere – qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qog’oz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qo’llanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan kredit va to’lov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va boshqalar).