VALYUTA KURSI

VALYUTA KURSI – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida ifodalangan bahosi. Eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining ahvoli bilan belgilanadi, shuningdek, turli mamlakatlardagi inflyatsiyaning nisbiy sur’atlari, mehnat unumdorligining o’sish sur atlari va uning mamlakatlar o’rtasidagi nisbati, YaMMning o’sish sur atlari (pulning tovar bilan to’ldirilish asoslariga), xalqaro savdodagi mamlakatning o’rni va roliga, kapitalning mamlakatdan chiqarilishiga bog’liq. Mamlakat to’lov balansining ahvoli, turli mamlakatlar pul bozorlaridagi foiz stavkalarining mamlakatlar o’rtasidagi farqlari, shu mamlakat valyutasining yevrobozorlarda va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish darajasi, mamlakat valyutasiga bo’lgan ishonch va boshqa omillar valyuta kursiga bevosita ta sir ko’rsatadi.