VALYUTA TANGLIGI

VALYUTA TANGLIGI – mamlakat pul-kredit tizimining izdan chiqishi. Valyuta tangligining ikkita shakli mavjud a) umumiy; b) xususiy. Umumiy valyuta tangligi – uzoq vaqt davom etlb, iqtisodiyotdagi umumiy tanglikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xususiy valyuta tangligi esa bir davlat doirasida vaqtinchalik omillar ta’sirida vujudga keladigan valyuta tangligidir. Bundan qutilish uchun samarali iqtisodiy islohotlar o’tkazish, pul muomalasini sog’lomlashtirish va raqobatbardosh mollar ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.