Vanadiy

Vanadiy (Vanadium), V – mendeleyev davriy sistemasining V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, atom molekulasi 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5″V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10y yil. Vanadiyni 1801 yilda meksikalik mineralogy A. M. Del-Rio qo’ng’ir qo’rg’oshin rudasida topgan. 1830 yilda shved kimyogari N. G. Sefstryom temir rudasida yangi element topib, uni skandinaviyalik go’zallik Xudosi Vaiadis nomi bilan atagan. Vanadiyning yer po’stidagi miqdori (og’irligi jihatdan 1,91 o~2%, okean suvlarida 310-‘%, o’simlik kullari tarkibida 6,1-10-3% bo’lib, anchagina tarqalgan, lekin asosan tog’jinslari va minerallarda uchraydi. Vanadiy minerallaridan patronit, Roskoelit, mottramit, karnotit, vanadinit va boshqalarning sanoat ahamiyati bor. Titanomagnetit va qoldiq (fosforli) temir hamda oksidlangan mis-qo’rg’oshin-rux rudalari Vanadiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Vanadiyning zichligi 6,11 g/sm3; suyuqlanish temperaturasi 1920″, qaynash temperaturasi 3400″. Odatdagi temperatuada havo, dengiz suvi va ishqor eritmalari ta’siriga berilmaydi; korroziyaga chidamliligi jihatdan titan va po’latdan yuqori turadi. Vanadiy 2, 3, 4 va 5 valentli birikmalar beradi. Shunga binoan VO bilan V2O3 (asos xossasi bor), VO2 (amfoter) va V2O5 (kislotalik xossaga ega) kabi oksidlari bor. Kislota va suvga chidamli nitridi VN (suyuqlanish temperaturasi 2360°) va yuqori darajada qattiq karbidi VC (suyuqlanish temperaturasi 2800°) ma’lum. Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada po’lat, cho’yan va qotishmalarning mustahkamligini, issiqqa, yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruktsion material sifatida ishlatiluvchi po’lat tarkibiga ham kiradi. Galliy, kremniy va titan bilan hosil qilgan ba’zi qotishma hamda birikmalari o’ta o’tkazuvchanlikka egaligi bilan diqqatga sazovor. Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek qishloq xo’jaligi, tibbiyot, to’qimachilikda, lok-bo’yoq, rezina, sopol, shisha ishlab chiqarishda, foto va kino sanoatida ishlatiladi. Vanadiy birikmalari zaharli.