Vandei urushlari
Vandei urushlari – 18-asr oxiridagi Frantsiya inqilobi va direktoriya davrida mamlakatning g’arbiy viloyatlaridagi isyonga qarshi Frantsiya hukumatining olib borgan urushlari. 1793 yildagi isyonning asosiy o’chog’i bo’lgan Vandey departamenti nomidan olingan. Isyonlarda dvoryanlar va ruhoniylar bilan bir qatorda dehqonlarning bir qismi ham ishtirok etgan. Vandei urushlari 1793 yilda o’zining yuqori cho’qqisiga etgan. Vandei urushlaridagi muhim voqea — 1795 yildagi Kiberon ekspeditsiyasi bo’lgan. Bu urushlar frantsuz xalqiga qimmatga tushgan: har ikki tomondan 600 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan.