Vaqf
Vaqf (arabcha-turish, to’xtash)-1) hajda Arafotda Arafa kuni turish tushuniladi, bu hajning farzlaridan hisoblanadi: 2) Qur’on suralaridagi oyatlar o’rtasida to’xtab nafas olish; 3) musulmon kishi o’z mulkini vaqf etishi, ya’ni molu mulk foydsidan keladigan daromadni Alloh yo’lida biror diniy muassasa yoki musulmonlarga hadya etishi. Bunda hech qanday shart qo’yilmaydi, vaqf qilingan mulk sotilmaydi, birovga hadya qilinmaydi, meros tariqasida olinmaydi. Vaqf dunyoda insonlarga yaxshilik qilish va oxiratda savobga erishish niyatida bajariladigan ixtiyoriy ibodatdir.