Vardonze davlat tabiat yodgorligi
Vardonze davlat tabiat yodgorligi — davlat muhofazasida bo’lgan noyob tabiat yodgorliklaridan biri. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan. Dastlab 1975 yilda qo’riqxona sifatida tashkil etilgan. Cho’llarning jadal o’zlashtirilishi bilan qo’riqxonalik ahamiyatini yo’qotdi va 1983 yildan davlat tabiat yodgorligiga aylantirildi. Maydoni 300 gektar. Uning hududida qumliklar, qadimgi Vardonze (Qo’rg’oni Vardonze) yodgorligi bor. Noyob saksovul daraxtlari, Rixter cherkezi, yulgun va boshqalar o’sadi.