Varinon (Varignon) Per
Varinon (Varignon) Per (1654— 1722.22.12, Parij) — frantsuz mexanigi va matematigi. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1688). Ilmiy ishlari nazariy mexanika, cheksiz kichik miqdorlar tahlili, geometriya va gidromexanikaga doir. Geometrik statikaga oid ishlari juda muhim. Varinon kuchlar parallelogrami qonunini aniq ta’riflagan, kuchlar momenti tushunchasini rivojlantirgan va Varinon teoremasinm isbotlagan.