Varmus (Varmus) Xarold
Varmus (Varmus) Xarold (1939) -Amerika molekulyar biologi, virusologi. Asosiy ilmiy ishlari o’sma paydo qiladigan viruslarning molekulyar biologiyasi va ularning hujayralar bilan o’zaro ta’siriga oid. D. M. Bishop va frantsuz olimi D. Steelen bilan hamkorlikda retrovirus onkogenlar hujayraviy tabiatga ega ekanligini isbotlab berdi. Nobel mukofoti laureati (1989; D.M. Bishop bilan hamkorlikda).