Vasiqa, kupchiy

Vasiqa, kupchiy — yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida (shu jumladan, 1917 yilgacha Turkistonda) yer-mulk oldi-sotdisi to’g’risida tuzilgan rasmiy shartnoma. Vasiqa ko’chmas mulkka (yer-suvga va xo’jalik binolariga) doimiy yoki vaqtinchalik egalik qilish huquqini bergan. Turkiston qozixonalarida Vasiqa faqat bir nusxada (shariat qonunlariga asosan) tuzilgan; bunda har ikki taraf (oluvchi va sotuvchi) hamda ryeoviap Vasiqaga imzo chekkach, uni qozi imzolab muhrlagan. Amirlar yer va boshqa ko’chmas mulklarini tortiq qilganlarida, Vasiqani o’zlari berganlar. Shariat qonunlari amal qilgan joylarda Vasiqalar sudi va sudyasi (vasoiq Mahkamasi) mavjud bo’lib, ularga Vasiqalar qonuniyligini ko’rib chiqish vakolati ham berilgan. Hozirgi kunda ham Afg’onistonda, ayrim Arab mamlakatlarida Vasiqa rasmiy hujjat vazifasini o’taydi.