«VATANPARVAR»

«VATANPARVAR» – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy matbuot nashri. 1992 yil 24 iyundan chiqa boshlagan. Haftada 1 marta o’zbek va rus tillarida chiqadi. Sahifalarida O’zbekiston ichki va tashqi siyosati, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jahonda yuz berayotgan voqeahodisalar, tarix, ma’naviyat, malaniyat, fan-texnika, xorij qurolli kuchlariga oid keng qamrovli ma’lumotlar muntazam yoritilib boriladi. Adadi 22000 (2005).