VATT-SEKUND
VATT-SEKUND — xalqaro birliklar tizimida ish yoki energiya o’lchov birligi. Elektr zanjiridagi iste’mol energiyasini o’lchashda foydalaniladi. Amalda foydalaniladigan o’lchov tizimida Joul deb olingan, 1 VTS=1 Joul. Aslida ancha yirik birlik — kilovatt -soat (3 600 000 VTS) keng ishlatiladi.