Vavilov Sergey Ivanovich
Vavilov Sergey Ivanovich [1891. 12 (24). 3—Moskva—1951.25.1 J — rus fizigi, jamoat arbobi. Fizik optika ilmiy maktabi asoschisi, sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi akademik (1932) va prezidenti (1945 yildan). Katta sovet entsiklopediyasi (BSE) 2-nashri bosh muharriri (1949 yildan). N. I.Vavilovning ukasi. Vavilov Lyu- minessentsiya — yorug’lik tushirilgan ba’zi moddalarning uzoq yorug’lanishini o’rgangan, yorug’lik texnikasida keng qo’llaniladigan kunduzgi va oq yorug’lik sochadigan lyuminessent lampalar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqqan. Vavilov yorug’likning kvant fluktuasiyalarinm topishga doyr nozik tajribalar o’tkazib, yorug’likning kvant tabiatini yaqqol isbotlagan. P. A. Cherenkov bilan birga Cherenkov — Vavilov nurlanishi deb nomlangan yangi fizik hodisani kashf etgan. Vavilov fizika tarixi bo’yicha yirik mutaxassis hisoblanadi, xususan I. Nyutonning optikaga oid barcha ishlarini rus tiliga tarjima kilgan va uning eng yaxshi biografiyalaridan birini yozgan. Vavilov fan targ’ibotchisi. «Ko’zlar va Quyosh», «Issiq» va «sovuq», «yorug’lik haqida» nomli ilmiy ommabop kitoblar muallifi.