VEKSEL
VEKSEL – (nem. “wechseF, aynan. ayirboshlash) – muayyan miqdordagi pulni qarzga olganligi va uni qancha muddatda qaytarib berishligi haqida shu davlatda amal qiluvchi qonun talablariga qat’iy rioya qilgan holda aniq shaklida maxsus yozib berilgan va rasmiylashtirilgan qarzdorlik hujjatidir. Veksel oluvchi hujjat da ko’rsatilgan qarzdorlik muddati tugashi bilanoq veksel beruvchi ham unda ko’rsatilgan miqdordagi mablag‘ni to’lashni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. Vekselning oddiy va o’tkazma shakllari mavjud. Oddiy veksel – qarzdor tomonidan to’ldirilgan shaxsiy majburiyat; o’tkazma veksel – qarz beruvchining qarzni kimga qaytarish haqidagi buyrug’idir.