Velosiped qayerda ixtiro qilingan?

Velosipedda sayohat qilib yurib, biz uning ming yillardan buyon mavjudligini hatto xayolga ham keltirmaymiz. Olimlar qadimgi Misrda haydovchining oyoqlari bilan harakatga keltiriladigan ikki g’ildirakli mexanizm bo’lganligini tasdiqlaydilar. Biroq baribir velosipedning paydo bo’lishi sanasini rasman 1817 yildan boshlab hisoblaydilar. Aynan xuddi shu yili Germaniyada baron fon Drez «bashang ot» deb nom olgan mexanizmni namoyish etdi, oradan yigirma uch yil o’tib shotlandiyalik Makmillan bu mexanizmni takomillashtirdi boshqaruvni keyingi g’ildirak o’qi ustiga o’rnatdi. U o’z ixtirosini shu qadar tez haydadiki, «jazavali» tezligi uchun qamalib ham chiqdi! «Velosiped» («baysikl») so’zi Fransiyada, 1865 yilda ilk bor tilga olindi, oradan yigirma yil o’tib, velosipedning hozirgi ko’rinishi keng tarqaldi, uning g’ildiraklari bir o’lchamli, o’rindig’i esa orqadagi g’ildirakdan biroz oldinda edi.