Aerodinamika nimani o’rganadi?

Har qanday predmetning olg’a harakatiga ro’paradagi havo qarshilik ko’rsatadi. Predmetning siljish harakati tezlashgani sayin unga havoning qarshiligi ham shu qadar o’sib boradi. Natijada tezlik sezilarli darajada yo’qotiladi. Aerodinamika — havoning jadal harakatlanayotgan jismga qarshilik ko’rsatish kuchini o’rganadi. Bunday kuchni o’rganish predmetlarning suyriligini yaxshilash va shuning evaziga ularning tezligini yanada oshirishga imkon beradi. Birinchi avtomobillarning shakli yengil fayton aravalarni eslatadi, birinchi avtobuslar esa dilijonslarga o’xshashdir. Ular erkin harakatlangan, bunda ularning aerodinamik shaklining ham aytarli ta’siri yo’q edi. Ammo tezlikning oshishi bilan avtomobil, tayyora, poyezdlar sirtining iloji boricha ixcham bo’lishi ustida ham jiddiy o’ylab ko’rila boshlandi, chunki bu transport vositalari quvvatining sezilarli qismi havo qarshiligini yengishga sarflanar edi. Xilma-xil transport mashinalarining yangi nusxalarini aerodinamik sifati jihatidan sinovdan o’tkazish aerodinamik trubalarda amalga oshiriladi. Bu yerda transport vositasi (aniqrog’i, uning kichraytirilgan nusxasi) kuchli ventilyatorlar tomonidan berilayotgan havoga qarshi o’rnidan qo’zg’almasdan, lekin juda katta tezlik bilan qarshi harakatlantirilib, sinab ko’riladi.