Vena arbitrajlari
Vena arbitrajlari (1938 va 1940) — Germaniya bilan Italiya o’rtasida Chexoslovakiya va Ruminiyaga tegishli hududning bir kismini Vengriyaga olib berish to’g’risida Vena shahrida (Avstriya) qabul qilingan qarorlar. Vengriya Chexoslovakiyaning vengerlar yashaydigan qismini talab qilib chiqqanligi munosabati bilan Vena arbitrajlari qarorlariga (1938 yil 2 noyabr va 1940 yil 30 avgust) binoan Slovakiya va Zakarpate Ukrainasining Janubiy tumanlari, shuningdek shimoliy Transilvaniya Vengriya tasarrufiga berildi. Parij sulh shartnomasiga (1947 yil 10 Fevral) ko’ra Vena arbitrajlari o’z kuchini yo’qotdi.