Venera, Zuhra

Venera, Zuhra – Yerga eng yaqin planeta; diametri 12400 km, Quyoshdan 108 mln. km, Quyosh atrofini 224 sutka 16 soat 49 minutda bir marta aylanib chishadi. Venera bilan Yerning Quyosh atrofida harakat qilishi jarayonida Yer bilan Venera orasida masofa 40 mln. km dan 260 mln. km gacha o`zgarib turadi. O`z o`qi atrofini 13 yer sutkasida aylanib chiqadi. 1961-yildan boshlab rus va Amerika planetalararo avtomat stansiyalari yordamida Venera to`g`risida yangi ma’lumotlar to`plandi. Venerada magnit maydoni va radiatsiya poyaslari yo`q. Venera atmosferasi deyarli butunlay karbonat angidriddan iborat, suv bug`i deyarli yo`q. Venera yuzasida harorat 280 daraja, bosim 15-22 atmosfera.