Venturi naychasi, Venturi sarf o’lchagichi
Venturi naychasi, Venturi sarf o’lchagichi — suyuqlik, gaz yoki bug’ sarfini yoki tezligini o’lchash uchun qo’llaniladigan qurilma. Ishi suyuqlik, gaz yoki bug’oqimining mahalliy (ayrim joyda) torayishini ta’minlashga asoslapgan. Italyan olimi J. Venturi (1746-1822) nomi bilan ataladi. Venturi naychasida toraygan joyda oqim tezligi o’zgarib, bosimning o’zgarishiga sabab bo’ladi, natijada bosimlar farqi (r»—r,) vujudga keladi. Bu esa sarf va oqim tezligi bilan bog’liq. Bosim differentsial manometer bilan o’lchanadi. Bundagi o’lchash xatoligi 2-10% ni tashkil qiladi.