Verifikatsiya

Verifikatsiya (lotincha verus — haqiqiy va facio — bajaraman) — mantiqdagi tushuncha. Bunda fanning nazariy qoidalarini kuzatilayotgan ob’yektlar, hissiy ma’lumotlar, eksperimentlarga taqqoslash yo’li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash tushuniladi. Verifikatsiya qoidasi mantisiy pozitivizmning asosiy tushunchalaridan bo’lib, tajriba asosida bevosita tekshirib ko’rilmagan ilmiy dalillarning bilish ahamiyatini inkor etadi. Hozirgi zamon mantiqqa oid uslubiy adabiyotlarda oddiy «verifikasionizm»ga nisbatan keskin tanqidiy munosabat mavjud bo’lib, Verifikatsiyaga ilmiy bilim rivojlanishining murakkab. ziddiyatli jarayoni sifatida, bir-biri bilan kelishmaydigan nazariyalar va ularning tajribada olingan ma’lumotlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasi sifatida qaralmoqda.