Vertikal

Vertikal — 1) matematikada — tik to’g’ri chiziq. Vertikal to’g’ri chiziqning ikki o’zaro perpendikulyar tekislik (proektsiyalar tekisligi) dagi proektsiyalari vertikal tekisligiga parallel bo’ladi, lekin to’g’ri chiziq proektsiyalari gorizontal tekisligiga perpendikulyar bo’lmaydi; 2) ipga osilgan zalvar narsa (masalan, uchli dumaloq temir, tosh) ta’sirida ip egallaydigan chiziq, holat. Qurilishda ustalar ishlatadigan shoqul (yoki shovun)ning ishi shunga asoslangan.