Vespuchchi (Vespucci) Amerigo
Vespuchchi (Vespucci) Amerigo (1454, Florentsiya — 1512.22.2, Sevilya) — dengiz sayyohi. Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. 1499 va 1501 — 02 yillarda Janubiy Amerikaning shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. Vespuchchi birinchi bo’lib, u yerlar dunyoning yangi qit’asi degan fikrni ilgari surgan va uni yangi dunyo deb atagan. Keyinroq lotaringiyalik xaritashunos M. Valdzemyuller (1505) Kolumb kashf etgan materikni Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif etgan. Keyinchalik bu nom hammaga manzur bo’ldi, 1538 yildan Merkator xaritasidan boshlab shim. Amerika ham shunday atala boshladi.