Vestfal sindromi
Vestfal sindromi – nasldan naslga o’tadigan nerv kasalligi. Bunda qo’l-oyoq vaqt-vaqti bilan falaj bo’lib qoladi. Ba’zi bemorlarda bosh miyaning harakatlantiruvchi nervlari ham zararlanishi mumkin. Lekin bosh miya nervlari, ayniqsa yuz nervi va ko’zni harakatlantiruvchi nervlar borgan muskullar normal ishlaydi. Falajlangan qo’l-oyoqdagi pay reflekslari zaiflashadi yoki yo’qoladi. Kasallik xuruji, odatda, bir necha soat davom etadi. Xurujlar bo’lmagan paytda bemor o’zini yaxshi sezadi.