Veterinariya shifoxonasi

Veterinariya shifoxonasi -kasal hayvon va parrandalarni davolaydigan muassasa. Veterinariya shifoxonasi kasal hayvon va parrandalarga dastlabki yordam ko’rsatish va kasallik oldini olish choralarini ko’radi, zoonozlar epidemiyasiga qarshi veterinariya-sanitariya va ayrim profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi, aholi o’rtasida veterinariya sohasida tushuntirish ishlarini olib boradi. Shahar, tuman va uchastka Veterinariya shifoxonasi bor. Uchastka Veterinariya shifoxonasi esa tuman veterinariya shifoxonasi qoshida tuziladi. Bulardan tashqari ko’chma veterinariya shifoxonasi ham bo’ladi. Uning vazifasi yukrrida keltirilganlardan tashqari yaylovlarga va chorva mollari joylashgan yerlarga veterinariya mutaxassislarini zarur dori-darmonlar va biologik preparatlar bilan birga tezlikda yetkazib borishdan iborat. Kuchma veterinariya shifoxonasida kerakli asbob-uskuna, jihoz, idish va dori-darmonlar bo’lib, bularning hammasi maxsus avtomashinaga o’rnatiladi.