Vetnam axborot agentligi

Vetnam axborot agentligi (vaa) — Vetnam matbuot agentligi,1945 yilda asos solingan. Shimoliy va Janubiy Vetnam hududlari qo’shilgach, Janubiy Vetnamni ozod qilish matbuot agentligi (1961 yilda tashkil bo’lgan) bilan birlashgan (1976). Vaa Vetnamdagi bir qancha shaharlarda, shuningdek dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida o’z muxbirxonalariga ega. Markazi — Xanoy shahrida.