Veysman (Weismann) Avgust
Veysman (Weismann) Avgust (1834.17.1, Frankfurt-Mayn — 1914.5.11, Freyburg) — nemis zoologi, evolyutsion ta’limot nazariyotchisi. Freyburg universiteti professor (1873 yildan). 1860 yildan Darvin ta’limotini himoya qilish, uni ilmiy jihatdan asoslash va rivojlantirish ustida nazariy tadqiqotlar olib borgan. Genlarning diskretligi, ularning xromosomalarda joilashganligi va ontogenezdagi roli haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarini oldindan aytib bergan. Veysmanning irsiyat va individual rivojlanish to’g’risidagi nazariyasi ba’zi kamchiliklardan xoli bo’lmasa ham, bu to’g’ridagi zamonaviy tushunchalar uchun asos bo’lgan deyish mumkin. 20-asrning 40-yillarida Veysman yaratgan va uning o’zi neodarvinizm deb atagan ta’limot darvinizmni rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa bo’ldi.