Vibrotransport, titrama tashish

Vibrotransport, titrama tashish — sochiluvchan va donali materiallarni, lastasimon aralashmalar va suyuqliklarni titrama ish organi yordamida qisqa (masalan, 300 metrgacha) masofaga eltuvchi qurilma; shu ishlarni amalga oshirish (tashish) jarayoni. Vibrotransport jumlasiga titrama konveyer, vibrasion nasos, vibratsion bunker, vibrasion Xartum (xobot) lar va boshqalar kiradi. Ularning ishi vibratsion (titrama) tashish mashinalarining ish organlari titrashi ta’sirida materiallarning ilgariga siljib turishiga asoslangan. Vibrotransport korxonalar, tegirmonlar, qurilish, konlar, shaxtalarda, materiallarni vagonlarga ortishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Vibrotransportda tashish jarayoni mobaynida turli texnologik jarayonlarni ham bajarish, masalan, materiallarni sovitish, qizdirish, quritish, saralash, suvsizlantirish, kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish ham mumkin.