Vidikon
Vidikon (video …va Yunoncha likon — tasvir) — fotoo’tkazuvchi nishonli uzatuvchi televizion trubka; telekameraning asosiy elementi. Ichki fotoeffekt yordamida ob’ektning optik tasvirini elektr signaliga aylantiradi. Vidikon tarqatuvchi va sanoat televideniyesi tizimida uzatuvchi trubkaning asosiy turi. Vidikonning asosiy elementi nishon; u shaffof o’tkazgich taglikka o’tkazilgan yupqa qatlamli yarimo’tkazgichli fotoqarshiliklar majmuidan iborat. Dastlabki Vidikonlarning nishoni SbS3 dan tayyorlangan. Studiyadagi uzatishlar uchun nishoni yorug’likka nisbatan yuqori sezgirlikka va kichik inersiyaga ega bo’lgan ro dan yasalgan Vidikon (plyumbikon, ledikon) ko’p qo’llaniladi. Selenid kadmiyniig (xalnikon yoki kadmikon), Se—As—Te ning (satikon), ZnS— Cd— Te ning (nyuvikon) geteroo’tishlariga asoslangan nishonlar kichik qorong’ilik tokiga (yorug’lik tushmaganda) ega. Bunday Vidikon studiyadan tashqarida rangli reportaj kameralari uchun qo’llaniladi. Rangli tasvirlarni uzatish uchun yoki mos rangli filtrlar bilan 3 ta Vidikon, yoki nishoni yorug’lik filtrlarining davriy tuzilishiga ega bo’lgan, 3 asosiy rangli tasvir (ko’k, qizil, yashil)ni qo’shuvchi va ajratuvchi maxsus konstruktsiyali bitta Vidikon ishlatiladi. Nishoni rentgen nurlanishiga sezgir bo’lgan amorf Sedan yasalgan Vidikon rentgen televizion defektoskopiyada ishlatiladi.