Vidsuk

Vidsuk (lotincha via — yo’l va duco — o’tka-zaman) — yo’llar chukur jarlik, suvsiz dara, botqoqlik va boshqalar bilan tutashadigan joylarga quriladigan baland va uzun ko’priksimon inshoot. Vidsuk metall, tosh, beton va temir-betondan ishlanadi; odatda, ko’p qulochli va shunga yarasha ko’p tayanchli bo’ladi; ravoqsimon va to’g’ri to’rtburchak shaklda to’sinli qilib quriladi. Jarlik, dara, botqoqliklarni tuproq bilan to’ldirish juda qimmatga tushadigan va zamin juda bo’sh bo’lgan hollarda Vidsuk qo’l keladi. Tosh Vidsuk qadimgi Rimda ham qurilgan va asosan ravoqsimon bo’lgan. Metall va temir-beton Vidsuklar 19-asrdan boshlab qurila boshlagan. Vidsuk qurishda me’morlar va muhandislarning mahoratlari uyg’unlashib ketishi lozim. Tayanchlari (ustunlari) inshoot o’rtasiga tomon balandlashib yoki kaltalashib borishi (ya’ni tayanchlarning balandligi har xil bo’lishi) bilan Vidsuk estakadadan farq qiladi. O’zbekiston hududida qadim zamonlardan beri akveduk (jarlik, dara, soy, anhor va boshqalar ustidan suv o’tkazish uchun quriladigan inshoot) qurilib kelinadi.