Vijayavada, Bezvada

Vijayavada, Bezvada — Hindistonning Janubiy-sharqidagi shahar, Andhra-Pradesh shtatida. Krishna daryosining Bengaliya qo’ltig’iga quyilish yeri yaqinida joylashgan. Aholisi 700 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Shahardan Madras, Kal-Kutta va Haydarobodga muhim temir yo’l va avtomobil yo’llari o’tgan. Vijayavadada mashinasozlik, qurilish, tsement, oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Vijayavada yaqinida yerlarni sug’orish uchun Krishna daryosiga irrigasiya inshootlari qurilgan.