Vijdon

Vijdon — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, o’z hatti- harakatlari uchun axloqiy mas’uliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan o’z-o’zini nazorat qila olish, o’zida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda o’zidan uni ado etishni talab qilish va o’z xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Vijdon dastlabki axloqiy mayl bo’lib, tashqi ta’sir tufayli rivojlanishi yoki so’nishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning o’z xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon bo’lish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon bo’ladi. Vijdon yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bog’liq. Jamiyatning rivojlanishi, ma’naviy, axloqiy yuksalishi bilan Vijdon tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi Vijdon tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi. Ad.: Karimov I. A., Istiqlol va ma’naviyat, T., 1994.