Vikarlanuvchi turlar
Vikarlanuvchi turlar (lotincha Vikarius — o’rin almashinuvchi) — Geografik va ekologik jihatdan bir-birining o’rnini egallay oladigan yaqin qarindosh turlar. Masalan, tilog’ochlar urug’i areali Vikarlanuvchi turlar: Sibir tilog’ochi (Rossiyaning Yevropa qismi, G’arbiy Sibir), Daur tilog’ochi (Sharqiy Sibir), Amerika tilog’ochi (shimoliy Amerika) turlarining uzluksiz qatoridan iborat. Alp tog’larida rododendron arealida uning Vikarlanuvchi turlar qattiqbargli rododendron (ohakli tuproqlarda), javdar rododendroni (silikatli tuproqlarda), Yevrosiyoda paxmoq oyoq (qumda) kichik rododendron (soz tuproqlarda) hisoblanadi. Vikarlanuvchi turlar tushunchasi taksonomik jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan, Lekin konvergent o’xshash, muayyan hayotiy formalarga mansub bo’lgan, biosenozlarga o’xshash ekologik muhitni egallagan turlar, masalan, ko’rsichqon (Yevropa), tillako’rsichqon (Afrika) va xaltali ko’rsichqonga (Avstraliya) nisbatan ham qo’llaniladi.