Vikasol
Vikasol (Vikasolum), K, vitamini— qondagi protrombinni ko’paytirib, qonning ivish xossasini oshiradigan — qon to’xtatadigan sintetik preparat. Ukraina olimi Palladii tomonidan sintez qilingan (1941-44). Qon ketganda, shuningdek bemorlarni operasiyaga tayyorlashda ishlatiladi; 3-4 kun ichiriladi yoki muskul orasiga yuboriladi. Qonning ivish xossasi oshib ketganda Vikasol berib bo’lmaydi. Ko’proq akusherlik amaliyotida qo’llaniladi.