Vikkers usuli
Vikkers usuli – Metallurgiyada materiallarning qattiqligini aniqlash usullaridan biri. Bu usulda material sirtiga to’rt qirrali piramida shaklidagi olmos uchlik botiriladi, ta’sir ettirilgan kuchning sirtda piramida qoldirgan izi yuziga nisbati namunaning Vikkers bo’yicha qattiqligi bo’ladi va HV bilan belgilanadi. Botirish kuchi sinalayotgan buyumning qattiqligi yoki qalinligiga qarab tanlanadi (50, 100, 200, 300, 500, 1000 N). Vikkers usuli bo’yicha qattiqlik, qattiqlik o’lchagich bilan aniqlanadi. U sinashni stasionar sharoitda o’tkazishga va botirish izining har ikki diagonalini 1 mkm xatolikkacha (o’lchash mikroskopi bilan) o’lchashga imkon beradi. Vikkers usuli metall va qotishmalarning yupqa yuza qatlamlari, yupqa listlar qattiqligini aniqlash uchun juda qulay hisoblanadi.