Viktoriya
Viktoriya — Janubiy Afrikaning Zambezi daryosidagi sharshara. Viktoriya dunyoda eng katta sharsharalardan biri. Eni 1800 metr. Suv 120 metr balandlikdan eni 130 metr, chuqurligi 140 metr bo’lgan bazaltli tor daraga otilib tushadi. Mahalliy aholi uni Mozioatunya, ya’ni «Guldurayotgan bug» deb ataydi. Sekundiga o’rta hisobda 1400 m3 suv tushadi. Viktoriyada kichikroq GES qurilgan. Viktoriya va unga yondosh hududlarning tabiat manzaralari va noyob hayvonlarini muhofaza qilish maqsadida Zambezi daryosining Janubiy sohilida Viktoriya-Fole milliy parki tashkil etilgan. Viktoriyani 1855 yilda ingliz sayyohi D. Livingston kashf etgan va ingliz qirolichasi nomi bilan atagan.